QAni o'rganishni nimadan boshlash kerak

Bozorga yangi kirayotgan Junior QA mutaxassislari uchun eng muhim narsa — o‘z o‘quv rejasini real ish bozoridagi talablar bilan moslashtirishdir.

QAni o'rganishni nimadan boshlash kerak
QAni o'rganishni nimadan boshlash kerak

Uzbekistonda, xususan Toshkentda, dasturiy ta’minot sifati katta e’tibor markazida. Banklar, marketplace`lar va fintech-startaplar kabi ko‘plab kompaniyalar hozir manual QA mutaxassislarini faol izlamoqda. Talab kattaligi – bu imkoniyat, lekin bozor tayyor raqobatchilarni xohlashini ham unutmaylik. Quyida kompaniyalar “junior” nomzodlardan nimani kutishgani va siz ilk navbatda nimalarga e’tibor berishingiz kerakligi haqida batafsil maqola.

Bozorni kuzatish: o‘quv rejangizni talabga moslashtiring

“Siz QA o‘rganishni bo‘sh ish o‘rinlarini tahlil qilish bilan birga olib borishingiz kerak.”

Amaliy jihatdan bu nimani anglatadi?

  1. Haftasiga kamida bir marta hh.uz, LinkedIn, Telegram’da va kompaniyalar saytlaridagi yangi vakansiyalarni ochib chiqing.
  2. Har bir vakansiyadan kerakli ko‘nikmalarini (masalan, “SQL JOIN”, “Grafana loglari”, “Cypress”) daftarga yozib boring.
  3. O‘zingizga ko‘nikma xaritasi tuzing: uch marta uchragan har qanday ko'nikmani xaritaga qo‘shing.
  4. “Talab pasayganmi?” — yo‘q! Kutilmaganda ma’lum bir vosita (misol: Playwright) ko‘p tilga olinsa, rejangizni darhol moslashtirmang.
  5. Portfoliongizni yoritishda ham bozor tili bilan gapiring: rezyumeda “Postman + Swagger”, “Cypress + GitHub Actions” kabi kalitlarni ko‘rsating.

Shu odat sizni ikki narsada oldinga olib chiqadi:

  • Intervyuda mos keladigan lug‘at ishlatasiz;
  • Raqobatchilar tayyor bo‘lmagan paytda sizda allaqachon tayyor ko‘nikma bo‘ladi.

Kompaniyalar kutayotgan 5 asosiy yo‘nalish

Yo‘nalish Nima talab qilinadi? Ishga kirganingizda kundalik vazifalar
Test-dizayn asoslari Ekvivalent sinflar, chegaraviy qiymatlar, pozitiv/negativ ssenariylar. Test-keyslarni tuzish, chek-listlarni yuritish.
API sinovlari Postman’da REST so‘rovlar, Swagger hujjatini o‘qish. Endpoint’lar uchun regressiya testlar, avtorizatsiya va xatolik kodlarini tekshirish.
Bug-tracking va test menejment Jira yoki Trello’ni, TestRail/Confluence’ni o‘zlashtirish. Ticket ochish, prioritetlash, qidiruv filtrlarini sozlash.
SQL va ma’lumotlar tekshiruvi SELECT, JOIN, GROUP BY orqali ma’lumotni ko‘rish. DB’da foydalanuvchi yaratildi-mi, to‘lov qayd bo‘ldimi – tekshirish.
Soft-skill va til Diqqat, muammolarga tizimli yondashuv, fikrni aniq yetkazish. Rus va Ingliz tillarini parallel o'rganish. QA mavzusida jonli muloqot qilish, bug-report yozish, hujjat o‘qish.

Savol o‘zingizga: bug-reportingizni oxirgi marta qachon boshqa odamga ko‘rsatgan edingiz? Uni tushunish oson bo‘ldimi?

Nomzod birinchi bo‘lib nimaga e’tibor qaratishi kerak?

  • Sifatli test-keyslarga o‘tingHar bir “expected result”ni aniq, o‘lchanadigan qilib yozing.Masalan, “Foydalanuvchi tugmani bosganda “Successfully saved” xabari chiqishi kerak”, izohsiz tushunarli.
  • Postman’dan foydalaning10 ta eng ko‘p ishlatiladigan HTTP metodni o‘z qo‘lingiz bilan yuboring.Swagger’dan keltirilgan tokenni qo‘shib, 401 ↔ 200 holatlarini tekshiring.
  • Jira’da ticket hayot aylanishi (workflow)ni yod olingOpen → In Progress → To Test → Closed.Har bir bosqichda qaerda xato bo‘lishi mumkin? Diplomlik savolingiz sifatida o‘ylab ko‘ring.
  • SQL — “SELECT * FROM…” bilan cheklanib qolmangJOIN bilan ikki-uchta jadvalni bog‘lab, login-parol tekshirilishini aniqlang.Bug topdingizmi? So‘rov natijasini screenshot qiling, ticketga qo‘shing.
  • Soft-skill trioleti: aniqlik • tafsilot • konstruktivlik“Bug topdim” o‘rniga “Payment ID null bo‘lganda server 500 qaytaradi, produksiyada reproduksiya qilinadi” deb yozing.Hamkasblaringiz sizni xato ovchisi emas, jarayonni yaxshilovchi hamkor sifatida ko‘rsin.

Qo'shimcha bo‘ladigan (lekin shart bo‘lmagan) ko‘nikmalar

  • Avtomatlashtirish: Selenium, Cypress yoki Playwright’dan bittasini tanlab mini-projekt qiling.
  • CI/CD: Jenkins pipeline’da npm test bosqichini qo‘shib, testlar yashil bo‘lsa deploy bo‘lsin.
  • Apache JMeter: Biror demo saytda yuklama test o'tkazing.

Amaliy tayyorgarlik rejasi (30 kunlik)

Kunlar Maqsad Resurs / Ishlab ko‘rish
1-7 Test-dizayn nazariyasi + 10-15 test case O'ziz foydalanadigan saytga test case yozing
8-14 Postman’da CRUD API ssenariylari JSONPlaceholder
15-20 Jira’da demo-loyiha, 5 bug-report Atlassian bepul planidan foydalaning
21-24 SQL refresh + JOIN amaliyoti SQL Zoom, HackerRank SQL
25-30 Mini-avtotest (Cypress) + GitHub Actions Sauce Demo

O‘zingizga savol: 30 kun tugagach, portfolio uchun nimalarni GitHub’ga qo‘ya olasiz?

Xulosa

QAni o'rganishni har doim bozorni o'rganishdan boshlang. Bugungi kunda Toshkentdagi ish beruvchilar Junior QA’dan chuqur bilim, API testi, hujjat va jarayonlarni boshqarish ko‘nikmalarini kutmoqda. Avtomatlashtirish va CI/CD esa sizni navbatdagi bosqichga ko'ratishga yordam beradi. Bozorni muntazam kuzatish va o‘quv rejangizni talabga moslashtirish sizni raqobatchilardan bir qadam oldinda ushlab turadi.

Savol: ertangi intervyuda “Bizga nega siz kerak?” deysa, siz yuqoridagi bozor + ko‘nikma xaritasi asosida aniq misollar keltira olasizmi?

Omad!